Xorazm viloyatida fakultet dekani pora olayotganida qo‘lga tushdi
Xorazm viloyatida talabaga ijodiy imtihonni topshirishda pora evaziga yordam berishni va’da qilgan fakultet dekani qo‘lga olindi, deya xabar beradi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi.
Tezkor tadbir davomida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan Urganch davlat universitetida yuqori lavozimlarda ishlaydigan do‘stlari yordamida ijodiy imtihondan o‘tishga yordam berishni va’da qilgan shaxs 2600 AQSh dollari va 2,5 million so‘m olayotganida qo‘lga olindi.
Hozirda huquq-tartibot idoralari tomonidan 168 (Firibgarlik), 28, 211 (Pora berish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar