“Krokus”dagi terakt Putinning kuchli odam sifatidagi imijiga xavf soladi — WSJ

Фото: The Wall Street Journal

Rossiyadagi konsert zaliga hujum Putinning kuchli odam sifatidagi imijiga tahdid soladi, deb yozmoqda The Wall Street Journal.

Rossiyadagi eng mashhur ko‘ngilochar muassasalardan biriga qilingan qonli hujum Putinning kuchli shaxs sifatidagi puxtalik bilan yaratilgan imijini yakson qilishi mumkin. Tegishli ravishda, u qurgan avtoritar davlatning Rossiya xalqi uchun xavfsizlikni ta’minlash haqidagi o‘z va’dalarini bajarish qobiliyati ham shubha ostida qoladi, deb yozadi nashr.

Ta’kidlanishicha, Putin Ukrainani teraktga aloqadorlikda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ayblab o‘tirmadi. U gumonlanayotgan terrorchilar Ukrainaga qarab qochganini, chegarada esa ularga qarata o‘t ochilganini aytdi.

Jurnalistlar hatto Rossiya televideniyesidagi ba’zi ekspertlar Ukrainaning aloqadorligi haqidagi da’volarga omma oldida shubha bildirganiga e’tibor qaratdi.

Uning o‘rniga ular nima sababdan Rossiya xavfsizlik xizmatlariga “Krokus”dagi hujumga javob ko‘rsatish uchun bir soatdan ortiq vaqt ketgani haqidagi noqulay savollarni ko‘tardi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.