Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha 2000 ta davlat granti hududlar kesimida taqsimlandi
Joriy yilgi OTMga kirish test sinovlarida ishtirok etgan xotin-qizlar uchun qo‘shimcha 2000 ta davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.
Unga ko‘ra:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 111;
- Andijon viloyati – 183;
- Buxoro viloyati – 112;
- Jizzax viloyati – 81;
- Qashqadaryo viloyati – 193;
- Navoiy viloyati – 60;
- Namangan viloyati – 165;
- Samarqand viloyati – 227;
- Surxondaryo viloyati – 155;
- Sirdaryo viloyati – 50;
- Toshkent viloyati – 177;
- Farg‘ona viloyati – 221;
- Xorazm viloyati – 110;
- Toshkent shahri – 155.
Ma’lumot uchun, tavsiyanoma olishga talabgorlar:
- kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar (oilaning har bir a’zosiga jami daromad aniqlanadigan davrda belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 0,527 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromadga ega bo‘lgan oila);
- to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yohud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;
- turmush o‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;
- nogiron farzandi bo‘lgan, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;
- 14 yoshgacha bo‘lgan ikki va undan ortiq bolalarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlardan alohida (ijarada) yashayotgan, itjimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari;
- ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar bo‘lishi kerak.
Shuningdek, ehtiyojmand xotin-qizlar uchun berilgan tavsiyanoma abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tishda tanlangan birinchi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqini beradi. Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish uchun tanlovda ishtirok etishga nisbatan tatbiq etilmaydi va grant faqat kunduzgi ta’lim shakli uchun ajratiladi.
Tavsiyanoma bilan tanlovda ishtirok etgan xotin-qizlar orasidan eng yuqori natija ko‘rsatganlar to‘plagan ballari ketma-ketligiga ko‘ra davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Sharhlar