Yana bir YTH sodir bo‘ldi. Endi jabrlanuvchi 10 yoshli qizaloq
Avvalroq, Xatirchida 8 yoshli qizning YTH oqibatida vafot etganligi haqda yozgan edik.
Shunga o‘xshash yana bir YTH Andijon viloyatida sodir bo‘ldi. Unda haydovchi 10 yoshli qizchani urib yubordi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
08-iyul kuni, Andijon shahar O‘zbekiston ko‘chasi “Korzinka” supermarket oldidagi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyida, haydovchi, 1999-yilda tug‘ilgan A.X. o‘zining “Cobalt” rusumli transport vositasida harakatlanib kelayotgan vaqtida, yo‘lning o‘ng tarafidan chap tarafiga kesib o‘tish uchun o‘tayotgan piyoda, 2014-yilda tug‘ilgan T.S.ni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.
Ushbu YTH oqibatida piyoda X.S. tan jarohati olib shahar shifoxonasiga yotkizilgan.
Holat yuzasidan, hozirda Andijon shahar IIO FMB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Sharhlar