Yangihayot tumanida “Mayning ferma” tashkil etgan xonadon aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi, deb yozmoqda Departament matbuot xizmati.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda “Chortoq” MFY hududida yashovchi fuqaro O.K. o‘z uyining yerto‘lasida 5 ta to‘plamdagi mayning qurilmalarini tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga yashirincha ulab, jami 751,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik), 278-9-moddasi (mayning faoliyatini qonunga xilof ravishda amalga oshirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda”, – deyiladi xabarda.
Ulashish:
Sharhlar