Qirg‘izistondagi uylardan birida O‘zbekistonga olib boruvchi yer osti tunneli topildi (video)

тунель
Фото: кадр из видео

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Jalolobod viloyati Suzoq tumanidagi Bekobod qishlog‘idagi uylardan birida Qirg‘izistonni O‘zbekiston bilan bog‘lovchi yerosti tunnelini aniqladi. Undan tovarlar va odamlarni noqonuniy yuborish uchun foydalanilgan.

Tunnel chuqurligi 15 metrga, jami uzunligi 150 metrga teng bo‘lib, undan Qirg‘iziston davlat chegarasigacha bo‘lgan masofa 50 metrni tashkil etgan, tunnel balandligi esa 1 metr 70 santimetr bo‘lgan, deyiladi qo‘mita xabarida.

Uy egasi kontrabanda kanalini tashkil etganlikda gumon qilinib qo‘lga olingan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.