Yil boshidan buyon 68 nafar fuqaro odam savdosi uchun javobgarlikka tortildi
2024-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) bilan 69 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi, deya xabar beradi Oliy sud.
Ulardan 52 nafariga ozodlikdan mahrum qilish, 17 nafariga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo (jarima, shartli muddat va ozodlikni cheklash) tayinlangan. Sudlanganlarning 53 nafari ayol, 16 nafari esa erkak.
Mazkur jinoyat natijasida 86 nafar fuqaro jabrlangan bo‘lib, ulardan 63 nafari ayollar va 14 nafari 3 yoshgacha bo‘lgan bolalardir.
2023-yilda ushbu modda bo‘yicha 126 nafar shaxs sudlangan bo‘lib, ulardan 84 nafariga ozodlikdan mahrum qilish, 42 nafariga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa jazolar tayinlangan.
Sharhlar