“Yoshi katta erkak bolaning yuz qismiga urayotgan holati aks etgan video” yuzasidan munosabat bildirildi

Foto: Bolalar ombusdmani

Ijtimoiy tarmoqlarda yoshi katta erkak bolani yuz qismiga urayotgan holati aks etgan video tarqaldi. Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘rganishni boshladi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 30-iyun kuni Mirzo-Ulug‘bek tumanida yashovchi nafaqadagi M.A. 2020-yilda tug‘ilgan nabirasi A.A. (o‘g‘il bola) bilan sayr qilish uchun ko‘chaga chiqqan vaqtida nabirasi A.A. yugurib uzoqqa ketib qolgan, bobosi esa nabirasidan xavotir olib, bolani qidirgan.

So‘ng, uyidan olisroq bo‘lgan maktab oldida topib, jahl ustida nabirasini bir necha bor qattiq urgan.

Hozirda tergovga qadar tekshiruv doirasida bolaga yetkazilgan jarohatning darajasini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Bu borada qo‘shimcha axborot beriladi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.