Ramzan Qodirov Shavkat Mirziyoyevga ikkita zotdor ot sovg‘a qildi

Foto: “RIA Novosti”

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga tug‘ilgan kuni munosabati bilan ikkita zotdor ot sovg‘a qildi. Bu haqda u o‘z Telegram-kanalida ma’lum qildi.

“Bugun men Grozniyda “Ahmat” Osiyo kurash ligasi prezidenti Nodir Qodirovga ikkita zotdot otni topshirdim. Bu muhtaram katta akamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o‘tib ketgan tug‘ilgan kuni uchun sovg‘a. Uning ushbu oliyjanob hayvonlarga muhabbatini bilgan holda, bu hadya unga ma’qul kelishiga ishonaman. Otlar ajoyib, yosh bo‘lishiga qaramay, ular turli musobaqalarda o‘zini muvafaqqiyatli ko‘rsatgan», — deb yozadi Qodirov.

Shuningdek, Checheniston yetakchisi Shavkat Mirziyoyev va O‘zbekiston xalqiga o‘z nomidan eng yaxshi tilaklarini yetkazib qo‘yishlarini so‘ragan. U Checheniston Respublikasi mintaqalar o‘rtasidagi qalin birodarlik aloqalari yuzaga kelganini qadrlashi va faxrlanishini, shubhasiz, bunda shaxsan Shavkat Mirziyoyevning xizmati katta ekanini ta’kidlagan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.