Bojxona qo‘mitasi raisining matbuot kotibi tayinlandi
2024-yil 5-oktabrda bojxona xizmati podpolkovnigi Xusan Tangriyev Bojxona qo‘mitasi raisining matbuot kotibi va jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi .
Tangriyev 1984-yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan, O‘zbekiston Davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan, 2009-yildan buyon bojxona organlarida ishlab kelmoqda. So‘nggi yillarda Bojxona qo‘mitasi, “Toshkent-Aero” va Toshkent shahar bojxona boshqarmasida jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha lavozimlarda ishlagan.
Tayinlash Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan kelishilgan.
Ulashish:
Sharhlar