“Boxo zavxoz” sifatida tanilgan Bahodir Sultonov 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi
16-may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudida sud hukmi bilan “Boxo zavxoz” va “Terminator” laqablari bilan tanilgan Bahodir Sultonov hamda u bilan bir ish doirasida qamoqqa olingan Navoiydagi avtosalon direktori Niyoz Ibodovga jazo tayinlandi. Bu haqda UzNews.uz Toshkent shahar sudiga tayanib xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ular Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi (juda ko‘p miqdorda tovlamachilik) “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Sud hukmi bilan Bahodir Sultonovga 10 yil, Niyoz Ibodovga 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Sud Bahodir Sultonovni o‘ta xavfli retsidivist deb topgan.
Ma’lumot uchun, 55 yoshli Bahodir Sultonov 1994-yili JKning bir nechta moddalari bilan ayblanib, o‘lim jazosiga hukm qilingan. Oradan bir necha oy o‘tib, mazkur jazo 20 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga o‘zgartirilgan. U 2016 yili ozodlikka chiqqan.
Sharhlar