Bir kechada Rossiya hududlari osmonida 102 ta dron urib tushirilgan va tutib qolingan

Foto: Getty Images

Havo hujumiga qarshi mudofaa vositalari Rossiya hududlari osmonida 102 ta uchuvchisiz uchar qurilmani tutib qoldi va yo‘q qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar bermoqda.

Qrimda 51 ta, Krasnodar o‘lkasida 44 ta, Belgorod viloyatida 6 ta va Kursk viloyatida bitta dron urib tushirilgan. Shuningdek, Qora dengizda Ukrainaning oltita ekipajsiz katerlari yo‘q qilingan.

Bundan tashqari, tunda dron qulashi oqibatida Tuapsedagi neftni qayta ishlash zavodida yong‘in yuz berdi. Sevastopolda esa shahar podstansiyasiga urib tushirilgan uchar qurilmalar bo‘laklari qulashi natijasida, shaharning bir qismi chiroqsiz qoldi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.