Shveysariya Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 14-paketiga qo‘shildi
Shveysariya 27-avgust kuni kuchga kiradigan, Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 14-paketiga qo‘shildi, deb xabar bermoqda DW. Mamlakat 9-iyul kuni o‘z sanksiyaviy ro‘yxatiga 69 kishi va 47 ta tashkilotni kiritgan edi.
Yevroittifoq tomonidan 24-iyun kuni ma’qullangan sanksiyalarning 14-paketi Rossiyaning suyultirilgan tabiiy gaz sanoatiga qarshi hamda Yevropa korporatsiyalarining uchinchi mamlakatlardagi shu’ba korxonalari orqali sanksiyalarning aylanib o‘tishi oldini olishga qaratilgan.
Sanksiyaviy ro‘yxatga, shuningdek, Rossiyadan 116 jismoniy va yuridik shaxs kiritilgan bo‘lib, ular orasida qo‘shiqchi Shaman, aktyor Ivan Oxlobistin, “Ural havo yo‘llari” aviakompaniyasi va bosib olingan Qrim hududidagi “Artek” xalqaro bolalar markazi bor.
Sharhlar