Ozon omboriga qilingan reyddan so‘ng 45 nafar O‘zbekiston fuqarosi RFdan chiqarib yuboriladi
Moskva viloyatining Pushkin shahrida huquq-tartibot idoralari Ozon omborida keng ko‘lamli reyd o‘tkazdi, natijada 120 nafar noqonuniy migrant qo‘lga olindi.
Huquq-tartibot idoralaridagi manbaga ko‘ra, 11-iyul kuni o‘tkazilgan hujjatlar tekshiruvi natijasida 120 nafar ombor xodimi Rossiyada ruxsatsiz bo‘lganligi aniqlangan.
Hibsga olinganlar orasida:
– 45 nafar O‘zbekiston fuqarolari;
– 29 nafar Tojikiston fuqarolari;
– Qolganlari Ozarbayjon, Jazoir, Angola, Benin, Gambiya, Gvineya, Zambiya, Hindiston, Kamerun, Kongo, Marokash va Syerra-Leone fuqarolari.
Barcha noqonuniy migrantlar Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirildi. Ayni damda 32 kishi Rossiyadan chiqarib yuborilgan.
Noqonuniy migratsiyani tashkil etish bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Sharhlar