Rossiya hududlari osmonida Ukrainaning 80 dan ortiq droni urib tushirildi
14-iyunga o‘tar kechasi Ukrainaning 80 tadan ortiq o‘zi uchar qurilmalari Rossiyaning bir nechta hududlariga hujum qildi, deb xabar beradi Rossiya Mudofaa vazirligi.
Rostov viloyatining Morozov tumanida dronlar hujumi oqibatida bir nechta aholi punkti elektrsiz qoldi. Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Rostov viloyati osmonida 70 ta ukrain droni urib tushirilgan.
Voronej viloyatining Liskinskiy tumanida oltita o‘ziuchar qurilma urib tushirilgan. Ularning bo‘laklari qulashi natijasida neft bazasining foydalanilmaydigan rezervuariga zarar yetgan. Jabrlanganlar yo‘q.
Yana oltita dron Kursk viloyatida, Belgorod va Volgograd viloyatlarida ikkitadan, Qrimda esa bitta dron urib tushirilgan. Hujumlar oqibatlari va jabrlanganlar haqida ma’lum qilinmayapti.
Sharhlar