Belarus o‘z harbiy doktrinasida ittifoqdoshlariga harbiy yordam berish imkoniyatini qayd etib qo‘ydi

Foto: Belarus Mudofaa vazirligi

Belarus Rossiyaga Ittifoq davlati a’zosi sifatida hamda KXShT (Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti) bo‘yicha ittifoqdoshlariga ularga qarshi tajovuz kuzatilgan taqdirda, harbiy yordam taqdim etishi mumkin. Shunday band Belarusning xalq majlisi tomonidan tasdiqlangan harbiy doktrinasida paydo bo‘ldi, deb yozadi “Kommersant”.

Hujjatda qayd etilishicha, Belarus Ittifoq davlati (unga Rossiya va Belarus kiradi) hamda KXShTga a’zo har qanday davlatga qarshi jangovar kuch qo‘llanilgan xatti-harakatlarni Ittiqof davlati yoki KXShTga nisbatan tajovuz deb hisoblaydi hamda o‘z ixtiyorida bo‘lgan barcha kuch va vositalardan foydalanib, tegishli javob choralarini ko‘radi.

2022-yil kuzida Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko uning davlati Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyada ishtirok etayotganini, ammo nizo zonasiga o‘z harbiylarini yubormayotganini aytgandi. Ayni vaqtda esa Belarus Tergov qo‘mitasi Ukrainadagi harbiy nizoda qatnashgan, shu jumladan, harbiy harakatlarni moliyalashtirgan belaruslar jinoiy javobgarlikka tortilishini ma’lum qilgandi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.