Afg‘oniston orqali tranzit reyslar oqimi ko‘paydi
So‘nggi kunlarda Afg‘oniston havo hududi orqali rekord miqdordagi tranzit reyslar qayd etildi. FlightRadar24 ma’lumotlariga ko‘ra, faqat 3 oktyabrda mamlakat ustidan 191 ta aviareys o‘tgan, bu toliblar hokimiyatga kelganidan beri maksimal ko‘rsatkich bo‘ldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, toliblar Afg‘oniston ustidan uchadigan har bir samolyot uchun taxminan $700 oladi. Agar tranzit reyslar oqimi hozirgi darajada qolsa, bu ularga yiliga $50 million daromad keltirishi mumkin.
Swiss Air, Finnair, Singapore Airlines, British Airways va Lufthansa kabi turli mamlakatlar aviakompaniyalari xavfsizlik manfaatlarini ko‘zlab Afg‘oniston yo‘nalishini tanlamoqda.
Ulashish:
Sharhlar