AFP: Zelenskiy BMT bosh kotibining Qozonga tashrifidan so‘ng uni Kiуevda qabul qilishni rad etdi
Vladimir Zelenskiy BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishni Ukrainada qabul qilishdan bosh tortdi, deya xabar beradi AFP Kiуevdagi manbasiga tayanib.
Bunga Guterrishning Qozondagi BRIKS sammitiga tashrifidan keyin Kiуevdagi norozilik sababchi bo‘lgan. Ukraina prezidenti devoni vakilining tushuntirishicha, sammitdan keyin Guterrish Kiуevga kelishni rejalashtirgan, biroq Zelenskiy uning tashrifini tasdiqlamagan.
“Shuning uchun Guterresh bu yerda bo‘lmaydi”, – deya qayd etadi manba.
23-oktyabr kuni BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Qozonga keldi va u yerda BRIKS sammitida ishtirok etdi. Sammit doirasida jahon tashkiloti rahbari Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Ulashish:
Sharhlar