Albaniya musulmonlar uchun Vatikan kabi mikrodavlat yaratishga tayyorlanmoqda
Tirandagi mitti davlat mo‘tadil bektoshi musulmonlar jamoasi uchun mo‘ljallangan bo‘ladi, deb yozadi NYT rasmiylarga tayanib.
Taxminlarga ko‘ra, bo‘lajak shahar-davlat hududida spirtli ichimliklarni iste’mol qilishga ruxsat beriladi, ayollar esa ro‘mol o‘rashlari shart emas va o‘zlari xohlaganini kiyishga ruxsat etiladi; turmush tarzi retseptlari qo’yilmaydi.
“Xudo hech narsani taqiqlamaydi. Shuning uchun u asos berdi”, – dedi so‘fiylik tariqatining diniy yetakchisi Edmond Braximay NYTga bergan intervyusida.
Albaniya bosh vaziri Edi Rama, o‘z navbatida, yangi davlat tuzilmasining maydoni bor-yo‘g‘i o‘n gektarga yaqin bo‘lishini, ammo uning o‘z ma’muriyati, pasportlari va chegaralari bo‘lishini aytdi.
Sharhlar