Pentagon Sevastopolga raketa hujumi haqida: Ukraina harbiy nishonlarni o‘zi tanlaydi
Ukraina hujumlar uchun nishonlarni o‘zi tanlaydi va boshqa harbiy vazifalarni ham o‘zi hal qiladi, dedi AQSH Mudofaa vazirligi vakili mayor Charli Dits. Shu tariqa u Sevastopolga, Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Amerikada ishlab chiqarilgan ATACMS raketalari bilan qilingan hujumni izohladi.
“Ukraina nishonlarni tanlash haqidagi qarorlarni mustaqil qabul qiladi va o‘z harbiy operatsiyalarini o‘zi olib boradi”, — dedi Dits jurnalistlarga. Oq uy vakili Reuters’ga ma’lum qilishicha, tinch aholi orasidagi har qanday qurbonlar — fojiadir.
Rossiya Mudofaa vazirligi da’vo qilishicha, Sevastopol 23-iyun kuni Amerikada ishlab chiqarilgan ATACMS uzoq masofali raketalari bilan hujumga uchragan. To‘rtta snaryad urib tushirilgan, bittasi havo hujumiga qarshi mudofaa vositalari ta’sirida trayektoriyadan og‘gan, uning jangovar qismi esa shahar ustida portlagan. Kassetali o‘q-dorilar odamlar dam olayotgan plyajga kelib tushgan. To‘rt kishi halok bo‘lib, 151 kishi jabrlangan.
Keyinroq Rossiyaning AQSHdagi elchisi Anatoliy Antonov zarbalar amerikalik mutaxassislar ishtirokisiz berilgan bo‘lishi mumkin emasligini aytdi.
Sharhlar