AQSh armiyasi 2024-yil yanvarida urib tushirilgan Rossiyaning A-50U samolyoti Patriot ZRK bilan urib tushirilgani aytmoqda

нидерланды украина
Фото: РБК (архив)

2024-yil yanvarida Azov dengizi uzra urib tushirilgan Rossiyaning A-50U uzoq masofali radiolokatsion aniqlash va boshqaruv samolyotiga AQShning Patriot havo mudofaa tizimi bilan hujum qilingan. Bu haqda AQSh 10-armiyasi shtabi boshlig‘ining yordamchisi polkovnik Rozanna Klemente may oyida Oklaxomada o‘tgan Fires Symposium 2024 konferensiyasida ma’lum qildi. Bugun uning so‘zlariga Rossiyaning urushni yorituvchi telegram-kanallari e’tibor qaratdi.

Klementening aytishicha, Ukraina qurolli kuchlari havo hujumidan mudofaa tizimlarini yuk mashinalariga o‘rnatgan va ularni bevosita jang chizig‘iga yaqinlashtirgan. Shunday qilib, ukrain qo‘shinlari SAMBush deb ataladigan ya’ni “er-havo” raketalari yordamida maxfiy hujumdan foydalangan.

“Bu tizim (Patriot) imkoniyatlari ularga yanvar oyida Rossiyaning A-50U samolyotini urib tushirishga imkon berdi”, – dedi u.

Klementening gaplariga Davlat Dumasining mudofaa qo‘mitasi raisi Andrey Kartapolov munosabat bildirdi. “Nima dedingiz? Bizni hech kimni urib tushirmagan… Xususan, amerikaliklar bizning samolyotni urib tushira olmaydi”, – dedi u “Vi slushali Mayak” efirida.

Rossiyaga tegishli A-50U samolyotining yo‘q qilingani haqida, jumladan “Ribar” harbiy telegram-kanali xabar bergan edi. Ularning ma’lumotiga ko‘ra, qulash sababi Rossiya havo hujumidan mudofaa kuchlarining “do‘stona zarbasi” bo‘lishi mumkin. Rossiya Mudofaa vazirligi bu xabarlarga munosabat bildirmagan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.