AQSH fuqarosi 340 mln dollarlik “tasodifiy” jekpot uchun sudlashmoqda

Фото: Москва 24

AQSH fuqarosi Powerball lotereyasi tashkilotchilarini sudga berib, unga 340 million dollar to‘lanishini talab qildi, deb xabar beradi People.

Powerball’ga qarshi da’voni vashingtonlik, 60 yoshli Jon Chiks sudga yuborgan. U 2023-yil 7-yanvar kuni o‘zi tanlagan raqamlar ketma-ketligi lotereya saytida yutuqli deb e’lon qilinganini ko‘rgan.

Chiks yutuqni olish uchun borgan, ammo unga xatolik yuz berganini aytishgan. Powerball saytiga xizmat ko‘rsatuvchi Taoti Enterprises kompaniyasi raqamlar sinov tariqasida joylanganini va ular Chiksning raqamlari bilan bir xil bo‘lib chiqqani tasodif ekanini bildirgan. Bundan tashqari, raqamlar saytga o‘yin o‘tkazilishidan bir kun avval joylangani, o‘yin paytida esa umuman boshqacha ketma-ketlik qayd etilganini ta’kidlashgan.

Ammo Chiks umidini uzgani yo‘q, sud ishi davom etmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.