Braziliyada Lavrovning samolyotiga yonilg‘i quyishdan bosh tortishdi

Фото: tsargrad

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 22-fevral kuni Rio-de-Janeyrodagi G20 sammitiga hukumat samolyotida yetib keldi. U yerdan esa Braziliya prezidenti Lula da Silva bilan uchrashish uchun Braziliaga uchib ketishi kerak edi.

Ammo Lavrov samolyotining yonilg‘isi tugagan, braziliyalik operatorlar esa AQSHning ikkilamchi sanksiyalariga uchramaslik uchun unga yonilg‘i quyishdan bosh tortgan.

Lavrovga Braziliya tashqi ishlar vaziri Mauro Viyeyraning samolyotida “hamroh” sifatida uchishni taklif qilishdi. Keyinroq Lavrovni Braziliyadan Rossiyaning boshqa samolyoti olib ketadigan bo‘ldi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.