AQSh koronavirus davrida Rossiya va Xitoyning vaktsinalarini obro‘sizlantirishga harakat qilgan
Koronavirus pandemiyasi davrida amerikalik harbiy ekspertlar Rossiya va Xitoyning vaktsinalarini obro‘sizlantirish uchun maqsadli hujumlar uyushtirgan.
Agentlikka ko‘ra, pandemiya avjiga chiqqan paytda ijtimoiy tarmoqlardagi soxta akkauntlar orqali Xitoyning Sinovac vaktsinasi va Rossiyaning Sputnik V vaktsinasining samaradorligi va xavfsizligi haqida noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatilgan. Xitoy ishlab chiqaruvchisiga asosiy zarba Filippinda amalga oshirilgan. Jarayonda 2020-yilning yozida X tarmog‘idagi (sobiq Twitter) bir necha yuz akkauntlari ishtirok etgan. Shu bilan birga, Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi (RFPI) tomonidan xalqaro bozorda ilgari surilgan Sputnik V ga qarshi yanada agressiv kampaniya boshlangan: jami 300 dan ortiq rejalashtirilgan ommaviy axborot hujumlari amalga oshirilgan.
“AQSh harbiy kampaniyasining maqsadi Rossiya Federatsiyasidagi emlash dasturiga putur yetkazish va Sputnik V ning xalqaro maydonda targ‘ib qilinishiga to‘sqinlik qilish bo’lgan. Xususan, Qo‘shma Shtatlar Braziliya hukumatiga bosim o‘tkazib, Sputnik V ni sotib olishdan voz kechishni talab qilgan”, – deyiladi xabarda.
Sharhlar