AQSH Putinning KXDRga tashrifini diqqat bilan kuzatib boradi
AQSH Rossiya prezidenti Vladimir Putinning KXDRga tashrifini diqqat bilan kuzatib boradi, deya ma’lum qildi Oq uy Milliy xavfsizlik kengashida strategik kommunikatsiyalar bo‘yicha koordinator Jon Kirbi.
“Biz, albatta, buni juda, juda diqqat bilan kuzatamiz”, — dedi Kirbi, ammo Oq uy “bu safardan xavotirda emasligi”ni ta’kidladi.
“Bizni xavotirga solayotgan narsa ushbu mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarning chuqurlashuvidir, bu nafaqat ukrain xalqiga ta’siri yuzasidan, balki bu yerda Koreya yarim orolidagi vaziyatda aks etishi mumkin bo‘lgan muayyan o‘zaro do‘stlik paydo bo‘lishi ehtimoli sabablidir ham”, — deya qo‘shib qo‘ydi u.
Ammo hozir AQSH bunga ishora qiladigan belgilarni ko‘rmayapti, deya xulosa qildi Kirbi.
Eslatib o‘tamiz, Kreml Putin 18—19-iyun kunlari Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning taklifi bilan KXDRga tashrif buyurishini ma’lum qildi. Bu davlat rahbarining 2000-yilda ilk prezidentlik muddati boshlanganidan buyon Shimoliy Koreyaga birinchi tashrifi bo‘ladi. Kim Chen In 2023-yil sentabrida Rossiyaga tashrifi chog‘ida Putinni respublikaga taklif qilgan edi.
Sharhlar