Ukraina Rossiyaning eng qimmatbaho dronlaridan birini urib tushirganini ma’lum qildi

дрон
Фото: BB.LV

Ukrainalik harbiylar Rossiyaning “Forpost” zarbdor-razvedkachi uchuvchisiz uchar qurilmasini yo‘q qildi. Bu haqda “Janub” havo qo‘mondonligi ma’lum qildi. Dron Qora dengiz akvatoriyasida Odessa zenit-raketa brigadasi tomonidan urib tushirilgan.

Ukraina Qurolli kuchlari Havo kuchlari qo‘mondonligi spikeri Ilya Yevlash aytishicha, “Forpost” uchar qurilmasi Rossiya Qurolli kuchlaridagi eng qimmatbaho dronlardan biri hisoblanadi, uning narxi 7 million dollarga baholanmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu razvedka olib borish, shuningdek, yer ustidagi nishonlarga zarba berish uchun ikkita raketa yoki boshqa qurol-yarog‘ shaklidagi qo‘shimcha jangovar yuklama tashish qobiliyatiga ega bo‘lgan ancha yirik drondir.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.