AQSH Xitoy, Turkiya va MDH davlatlari banklari top-menejerlarini Rossiya bilan ishlash oqibatlari haqida ogohlantirdi
AQSH hukumati Rossiyani xalqaro hisob-kitoblar tizimidan chetlashtirish bo‘yicha manzilli choralarga o‘tdi va chet el banklari top-menejerlarini Rossiya tashkilotlari bilan hamkorlik risklari haqida shaxsan ogohlantirishni boshladi, deb yozadi “Vedomosti” manbalarga tayanib.
Ularning aytishicha, AQSH Turkiya, Xitoy, BAA, Qatar va MDH mamlakatlari banklari top-menejerlariga ogohlantirishlar yuborgan. Natijada Rossiya banklarining chet el kredit tashkilotlaridagi korrespondentlik hisoblarining o‘rtacha “hayot muddati” yarim yilgacha qisqardi.
AQSH Moliya vazirligi vakili Amerika rasmiy shaxslari davlat va xususiy sector bilan sanksiyalar ostiga tushgan Rossiya moliyaviy tashkilotlari bilan biznes olib borish hamda “Mir” kabi to‘lov tizimlaridan foydalanish risklari borasida suhbatlar olib borilganini tasdiqladi.
Sharhlar