AQSh Qizil dengizda savdo kemalariga hujumlar bo‘lganini tasdiqladi

Фото: DW

AQSh Qizil dengizda ikkita savdo kemasi – Rossiyadan Xitoyga o‘simlik moyini olib ketayotgan Bentley I tankeri va Chios Lion neft tankeriga hujum qilinganini tasdiqladi.

AQSh harbiylariga ko‘ra, Bentley I shikastlanmagan, qurbonlar bo‘lmagan va u reysni davom ettirishga muvaffaq bo‘lgan. Shu bilan birga, hujum natijasida Chios Lion tankeriga zarar yetgan, biroq odamlar jabrlanmagan.

Har ikki hujum uchun javobgarlikni Yaman hutiylari o‘z zimmasiga oldi. So‘nggi oylarda ular Qizil va О‘rta yer dengizlarida ballistik raketalar, dronlar va suv dronlari yordamida kemalarga hujum uyushtirilgani haqida bir necha bor xabar berilgandi. Guruhning harbiy qanoti vakili Yah’yo Sarining aytishicha, hujumlar Isroilning G’azo sektoriga bergan zarbalariga javoban amalga oshirilgan.

Hutiylar Qizil va О‘rta yer dengizlarida kemalarga zarba bermoqda

Avvalroq Buyuk Britaniya Harbiy-dengiz kuchlarining Dengiz savdosini muvofiqlashtirish boshqarmasi (UKMTO) Qizil dengizda Yamanning Xodeyda shahri yaqinida ikkita kemaga hujum qilingani, ulardan birining ekipaji kemaga zarar yetganini ma’lum qilgan edi.

Mart oyida Aden ko‘rfazida True Confidence  kemasiga hutiylarning raketa hujumi natijasida uch dengizchi halok bo‘lgan, fevpal hujumga uchragan Rubymar  yuk kemasi cho‘kib ketgan. О‘tgan yil yanvar oyida hutiylar Galaxy Leader rolkerini qo‘lga olgan. Hutiylarning hujumlari xalqaro yuk tashishda muammolarga sabab bo‘lmoqda va mintaqada keskinlikni oshirmoqda. Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilari o‘zlarining mintaqadagi harbiy ishtirokini oshirib, hutiylar pozitsiyalariga vaqti-vaqti bilan raketa hujumlarini amalga oshirmoqda.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.