Armanistonda to‘rtta qishloq Ozarbayjonga berilishi tufayli namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda (video)
27-may kuni ertalab butun Armaniston bo‘ylab norozilik aksiyalari boshlandi, deb yozadi Meduza.
Namoyishchilar Yerevan-Armavir avtotrassasini va Yerevan-Ashtarak yo‘lini to‘sib qo‘ygan (birinchi avtomagistral Rossiyaga olib boradi, ikkinchisi esa Eronga). Shuningdek, Yerevandagi ko‘chalar ham to‘sib qo‘yilgan.
Aktivistlar Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qilmoqda. Noroziliklar Ozarbayjonga Armanistonning Tavush tumanidagi to‘rtta qishloq berilgani tufayli bo‘lib o‘tmoqda. Namoyishchilar harakatiga Arman apostol cherkovi Tavush yeparxiyasi rahbari arxiyepiskop Bagrat Galstanyan boshchilik qilmoqda, u muxolifat tomonidan Armaniston bosh vaziri lavozimi uchun ilgari surilgan.
Armaniston IIV ma’lumotlariga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan 11 holatiga, politsiyachilar 226 nafar namoyishchini qo‘lga olgan.
26-may kuni kechqurun namoyishchilar Yerevanda ommaviy aksiya o‘tkazib, hukumat rahbari Pashinyan iste’fosini talab qildi. Ular bosh vazirning uyigacha yurib borishdi, ammo o‘sha vaqtda u Yerevanda bo‘lmagan.
Sharhlar