Jizzaxda 17 yoshli yigit harakatlanayotgan attraksiondan tushib ketdi (video)

В Джизаке 17-летний парень упал с движущегося аттракциона
Источник: stranabolgariya.ru

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax shahridagi “O‘rda” istirohat bog‘ida yuz bergan hodisa videolari tarqaldi, unda o‘smir yigit harakatlanayotgan attraksiondan yiqilib tushganini ko‘rish mumkin.

Mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va profilaktika inspektorlari tomonidan o‘rganishlar olib borilgan va ushbu fuqaro bilan suhbat o‘tkazilgan.

Aniqlanishicha, 1-iyun kuni soat 20:00 larda Paxtakor tumanida yashovchi 2007-yilda tug‘ilgan fuqaro M.O‘ oila a’zolari bilan birgalikda Jizzax shahrida joylashgan “O‘rda ekologik istirohat bog‘i”ga aylanish uchun borgan. Attraksionda uchish vaqtida operatorlarning ogohlantirishlariga qaramasdan o‘zining ehtiyotsizligi oqibatida ya’ni attraksion to’liq to‘xtamasdan oldin himoya kamarini yechib yuborishi natijasida yiqilgan va hech qanday tan jarohati olmagan. Ta’kidlanishicha, mazkur holat sodir bo‘lgan vaqtda attraksionda nosozliklar bo‘lmagan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.