AQSHda Ukrainaga harbiy ko‘mak borasida “B rejasi” yo‘q — Bloomberg
AQSHda Ukrainaga harbiy yordam bo‘yicha kongressdagi kelishmovchiliklar tufayli, ajratish imkoniyati bo‘lmayotgan 60 milliard dollardan tashqari, boshqa “B rejasi” yo‘q. Bu haqda Bloomberg amerikalik mansabdorlarga tayanib yozmoqda.
Nashr suhbatdoshi so‘zlariga ko‘ra, AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Ukrainaga ko‘mak kechikayotgani tufayli Kongressdagi respublikachilardan ham, Oq uy fikricha, Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tushgan foydani Kiyevga yordam uchun ishaltishi kerak bo‘lgan Yevropadagi ittifoqdoshlardan ham hafsalasi pir bo‘lgan.
Shuningdek, amerikalik mansabdorlardan biri qayd etishicha, Yevropa mamlakatlari Ukrainaning iltimosiga zudlik bilan javob ko‘rsatib, unga o‘z zaxiralaridan yanada ko‘proq Patriot havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini taqdim etishi kerak.
AQSH Kongressi o‘tgan kuzdan buyon Ukrainaga 61 milliard dollar miqdoridagi harbiy ko‘mak ajratilishini ma’qullay olmayapti, bunga respublikachilar va demokratlar o‘rtasidagi kelishmovchilik sabab bo‘lmoqda.
20-mart kuni AQSH prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan Kiyevga e’lon qilinmagan tashrif bilan kelgan va Ukrainaga harbiy yordam haqidagi qonun loyihasi ikkala partiya tomonidan tasdiqlanishini va’da qilgan edi. Ammo u bu qachon yuz berishini prognoz qilib o‘tirmagandi. Shuningdek, u B rejasi haqida gapirishga hozircha hojat yo‘qligini aytgandi.
Sharhlar