KXDR Yapon dengiziga qarata 10 ta ballistik raketa uchirdi
Shimoliy Koreya Yapon dengiziga qarata raketa uchirdi, deb yozadi “Kommersant”. Dastlab Yonhap agentligi bitta ballistik raketa uchirilgani haqida xabar berdi. Keyinroq Shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi 10 ga yaqin kichik masofali ballistik raketalar parvozi haqida ma’lum qildi.
“SHimoliy Koreya sinovlar bahonasi ostida ballistik raketalar ishtirokida provokatsiyalar olib borishda davom etmoqda, ammo ularning bunday katta miqdorda uchirilishi noodatiy hol. Harbiylar batafsil xususiyatlarni, shu jumladan, raketa modeli va parvoz masofasini tahlil qilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Raketalar dengizga, Yaponiya iqtisodiy zonasidan tashqariga qulagan.
Eslatib o‘tamiz, 27-may kuni Shimoliy Koreya harbiy sun’iy yo‘ldosh ortilgan eltuvchi raketa parvozi muvaffaqiyatsiz kechgani haqida xabar bergandi. Raketa havoda portlab ketgan. May oyida avvalroq ham Shimoliy Koreya kichik masofali bir nechta ballistik raketalarni uchirgan, ular Koreya yarim oroli va Yaponiya o‘rtasidagi dengizga kelib tushgan edi.
Sharhlar