Shimoliy Koreya Yapon dengiziga qarata ballistik raketalar uchirdi
12-sentabrga o‘tar kechasi Shimoliy Koreya Yapon dengiziga qarata bir nechta kichik masofali ballistik raketalarni uchirdi, deb yozadi DW Janubiy Koreya Qurolli kuchlari Shtab boshliqlari qo‘mitasiga tayanib.
Raketalar taxminan 360 km masofani bosib o‘tib, Sharqiy dengizga qulagan. Ular mahalliy vaqt bilan 12-sentabr kuni 7:10 da Pxenyan yaqinidan uchirilgan.
Janubiy koreyalik mutaxassislar hisob-kitoblariga ko‘ra, agar bu raketalar Janubiy Koreyaga qarata uchirilganida ular mamlakatning yirik shaharlariga, shu jumladan, Seulga, shuningdek, Geryon va Kunsan shaharidagi harbiy obyektlarga kelib tushishi mumkin edi.
Janubiy Koreya KXDR tomonidan ballistik raketalar uchirilishini qoralab, uni Koreya yarim orolidagi tinchlik va barqarorlikka jiddiy tahdid soluvchi “provokatsion harakat” deb baholadi.
Sharhlar