Bayden Shimoliy va Janubiy Koreyani chalkashtirib yubordi
AQSH prezidenti Jo Bayden adashib, Janubiy Koreya o‘rniga, KXDRga tashrif buyurganini aytdi, deb yozadi “Kommersant”. Bu haqda u Viskonsin shtatida nutq so‘zlayotganida ma’lum qildi. Ammo Bayden shu zahoti o‘z xatosini tuzatib qo‘ydi.
“Men butun dunyo bo‘ylab safar qildim — Shimoliy Koreyadan… Janubiy Koreyadan tortib, boshqa mamlakatlargacha, toki u yerlarda kompyuter chiplarini ishlab chiqarish zavodlari ochilishiga erishish uchun”, — dedi AQSH prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, Bayden iyul oyida Vashingtondagi NATO sammitida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni yanglishib “prezident Putin” deb atagan edi.
Ulashish:
Sharhlar