Chechenistonlik senatorning jiyani Moskva orqali 7 ta to‘pponcha va 4 ta avtomat olib o‘tgan

Фото: Аргументы и факты

4-aprel kuni Moskva g‘arbida politsiyachilar Mersedes avtomobilini to‘xtatib, undan o‘qotar qurollar arsenalini topdi. Biroq “qurol-yarog‘ qonun doirasida ro‘yxatga olingani” sababli, mashina qo‘yib yuborilgan, deb yozadi “RBK”.

Keyinroq ushbu avtomobilni senator Suleyman Geremeyevning jiyani Isa boshqargani ma’lum bo‘ldi. Avtomobil yukxonasidan yettita to‘pponcha, to‘rtta avtomat va 701 ta patron topilgan.

Davlat dumasi deputati Adam Delimxanovning yordamchisi Tatyana Lazinaning so‘zlariga ko‘ra, Isa qo‘lga olinmagan. “U kichik YTHga uchradi, YPX xodimlari zudlik bilan yetib kelib, unga yordam ko‘rsatdi”, — dedi u.

Manbalarga ko‘ra, ushbu holat bo‘yicha tekshiruv olib borilmoqda.

Suleyman Geremeyev 2011-yildan buyon Chechenistondan senator hisoblanadi, 2021-yildan esa Federatsiya kengashining iqtisodiy siyosat bo‘yicha qo‘mitasi a’zosi hamdir.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.