Bayden-Harris kampaniyasi nomini rasman o‘zgartirdi
Jo Bayden va Kamala Harris kampaniyasi AQSh Federal Saylov Komissiyasiga (FEC) taqdim etilgan hujjatlarga rasman o‘zgartirishlar kiritdi.
Yangi xabarnomada aytilishicha, “tashviqot qo‘mitasining nomi avval xabar qilinganidan farq qiladi” va “Prezidentlik uchun Bayden”dan “Prezidentlik uchun Harris” deb o‘zgartirildi.
“Vitse-prezident Harris endi 2024-yilgi saylovda AQSh prezidentligiga nomzod va endi faqat shu lavozim uchun saylovoldi tashviqotini olib boradi”, deyiladi hujjatlarda.
CNN tushuntirganidek, rasmiy harakat, agar Harris saylov byulletenida qolsa, u iyun oyi oxirida qariyb 96 million dollarga ega bo‘lgan kampaniyaning umumiy hisobini o‘z nazoratiga olishi mumkinligini anglatadi.
U hali ham boshqa nomzodlar kabi rasman ko‘rsatilishi uchun Demokratik Milliy Konventsiya delegatlarining qo‘llab-quvvatlashini qozonishi kerak. Ammo boshqa nomzod uchun Bayden-Xarris kampaniyasi tomonidan yig‘ilgan pulga yetib borishi ancha qiyin bo‘ladi.
Sharhlar