Bayden saylovoldi poygasini davom ettirish kerakmi yoki yo‘qligi haqida o‘ylamoqda — The New York Times
AQSh prezidenti Jo Bayden o‘zining asosiy hamkorlaridan biriga o‘z nomzodi saylovlarda muvaffaqiyatsizlikka uchrashi mumkinligini tushunishini va kurashni davom ettirish istiqbollarini baholayotganini aytdi. Bu haqda The New York Times nashri yozadi.
Ismi oshkor etilmagan safdoshning aytishicha, prezident poygada qolish uchun uning keyingi bir necha ommaviy chiqishlari yaxshi o‘tishi kerakligini biladi. Ularning orasida BC News telekanalida 5-iyulga belgilangan intervyu ham bor.
Baydenning yana bir maslahatchisining nashrga aytishicha, munozaralar muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan so‘ng, prezident “o‘zi oldida turgan siyosiy muammolarni juda yaxshi anglaydi”. NY Times nashri maqola chiqqanidan keyin Oq uy buni “mutlaqo yolg‘on” deb atadi.
Sharhlar