Bayden Ukrainaga mablag‘lar ajratilishini zudlik bilan ma’qullashga chaqirdi
AQSh prezidenti Jo Bayden Vakillar palatasini Ukraina va Isroilga mablag‘lar ajratilishi to‘g‘risidagi qonun loyihasini zudlik bilan ma’qullashga chaqirdi, deb xabar beradi BBC.
“Bizda ortiq kutish imkoniyati yo‘q. Harakatsizlik oqibatlari kundan-kunga kuchaymoqda, ayniqsa Ukrainada. Ukraina qo‘shinlarining oldingi frontlarida o‘q-dorilar tugayotgani haqida xabarlarni ko‘ryapmiz, Rossiya qo‘shinlari esa hujum qilishda davom etmoqda, ikkinchi tomondan Putin ukrain xalqini bo‘ysundirish haqida orzu qilmoqda”, — dedi Bayden.
“Vakillar palatasi choralar ko‘rish vaqti keldi, ushbu qonun loyihasini mening stolimga yuborishsinki, uni imzolayin”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Avvalroq qonun loyihasi Amerika Senati tomonidan qabul qilingan edi, ammo Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson hujjat, katta ehtimol bilan, rad etilishini aytdi.
“Vakillar palatasi respublikachilari muhokamalarning boshidayoq milliy xavfsizlik bo‘yicha har qanday qo‘shimcha qonunchilik milliy xavfsizlik o‘z chegaralarimizda boshlanishini tan olishi kerakligi haqida aniq-ravshan aytib qo‘ygan”, — deyiladi Jonsonning bayonotida.
Sharhlar