BBC: Telegram messenjeri internetda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik haqidagi materiallarni aniqlash va o‘chirib tashlash bo‘yicha xalqaro dasturlar bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgan

Фото: Atlantic

Telegram messenjeri NCMEC va IWF, AQSh va Buyuk Britaniyaning bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sahnalari bo‘lgan kontentni qidiradigan va o‘chirib tashlaydigan tashkilotlari bilan hamkorlik qilmagan, deya xabar beradi BBC.

NCMEC CyberTipline dasturida 1600 dan ortiq internet kompaniyalari ishtirok etadi. Unda ishtirok etish AQShda ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyalar uchun majburiy, biroq ishtirokchilarning 16 foizi mamlakatdan tashqarida joylashgan (Telegram kabi).

NCMEC Telegram messenjeridan bolalarga jinsiy zo‘ravonlik haqidagi materiallarga qarshi kurashishga qo‘shilishni bir necha bor so‘ragan, biroq messenjer jamoasi so‘rovlarni, shuningdek, IWF ning shunga o‘xshash so‘rovlarini e’tiborsiz qoldirgan.

Telegram roziligisiz joylashtirilgan “qasos pornosi” – fotosuratlar va videolarni olib tashlashga qaratilgan TakeItDown dasturida ham ishtirok etmaydi.

Shuningdek, messenjer politsiya talabiga binoan o‘chirilgan materiallar bo‘yicha hisobotlarni e’lon qilmaydi. Ijtimoiy tarmoqlar buni har olti oyda bir marta amalga oshiradi va hisobotlarni arxivda saqlaydi

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.