16-mart kuni ertalab Rossiyaning Belgorod viloyati yana o‘qqa tutildi (video)
16-mart kuni ertalab Rossiyaning Belgorod viloyatida raketa xavfi sirenasi ishga tushirildi, bu haqda gubernator Vyacheslav Gladkov ma’lum qildi. Signal taxminan 20 daqiqa davom etdi, shundan so‘ng xavf bekor qilindi.
Rossiya Mudofaa vazirligi havo hujumiga qarshi mudofaa vositalari shahar osmonida RM-70 “Vampir” baravar o‘t ochish raketa tizimining 8 ta snaryadini urib tushirganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda va Telegram-kanallarda hujum oqibatlari aks etgan foto va videolar paydo bo‘ldi. Turar joylar va avtomobillarga zarar yetgan. Ehtimoliy qurbonlar haqida xabar berilmayapti.
So‘nggi bir hafta mobaynida Belgorod shahri va viloyati Ukraina harbiylari tomonidan shiddatli ravishda o‘qqa tutilmoqda va dronlar hujumiga uchramoqda. Birgina 14-mart kuni shaharning ikki nafar fuqarosi halok bo‘lib, 19 kishi jabrlangandi.
Ukrainaning Rossiyaning Kursk va Belgorod viloyatlari bilan chegarasida Ukraina Razvedka bosh boshqarmasi bo‘linmalari ishtirokida janglar bormoqda.
Sharhlar