Ukraina razvedkasi: Belgorod va Kursk viloyatlari — faol jangovar harakatlar zonalari
Ukraina Mudofaa vazirligi Razvedka bosh boshqarmasi vakili Andrey Yusov qo‘poruvchilik guruhlari Rossiyaning chegara yaqinidagi Kursk va Belgorod viloyatlarini “faol jangovar harakatlar zonalari”ga aylantirib yuborganini aytdi, deb yozadi BBC.
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainaning chegarani keib o‘tishga urinishlariga chek qo‘yilganini ma’lum qilgan, Belgorod viloyatiga bostirib kirmoqchi bo‘lgan 195 nafargacha ukrain harbiysi o‘ldirilganini aytgandi.
Belgorod viloyati gubernatori Vyacheslav Gladkov chegaraga qilingan hujum oqibatida 2 kishi halok bo‘lib, 20 kishi yaralanganini bildirgandi.
14-mart kuni kechqurun Gladkov viloyat hududida Ukraina qo‘shinlari yo‘qligini, janglar uning tashqarisida borayotganini ma’lum qildi. Ammo Kozinka qishlog‘ida jiddiy vayronagarchiliklar bo‘lgani, aholi xavfsiz joyga ko‘chirilganini aytdi.
Kursk viloyati gubernatori Roman Starovoyt esa Ukraina qo‘poruvchilik-razvedka guruhining Tyotkino qishlog‘iga kirishga urinishalri muvaffaqiyatsiz yakunlanganini xabar qildi.
Sharhlar