Bill Geyts AQSH atom energetikasini rivojlantirish uchun sarmoya kiritdi
Microsoft korporatsiyasi asoschisi Bill Geyts AQSHda atom energetikasini rivojlantirishga milliardlab dollar sarmoya kiritish niyatida ekanligini ma’lum qildi.
“Men bunga bir milliard dollardan ortiq sarmoya kiritdim va yana milliardlab sarmoya kiritmoqchiman”, – dedi Geyts CBS telekanaliga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy hozirda eng ko‘p atom reaktorlarini qurmoqda. Ammo Qo‘shma Shtatlar xorijiy raqobatchilardan oldinda bo‘lishi kerak. Geytsning ta’kidlashicha, hozirgi Amerika yadro reaktorlari juda qimmat.
Shuningdek, u TerraPower boshchiligida Vayomingda atom elektr stansiyasini qurish loyihasini 2028-yildan 2030-yilgacha ko‘chirishga to‘g‘ri kelganini eslatdi. Chunki AQSH Rossiyadan kelayotgan yoqilg‘i oqimini cheklashga qaror qildi. Shu bilan birga, Geyts kompaniyaning Buyuk Britaniya va Janubiy Afrikada yoqilg‘i yetkazib beruvchilari borligini qo‘shimcha qildi.
Sharhlar