Bill Geyts Kamala Xarrisning kampaniyasini qo’llab-quvvatlash uchun 50 million dollar xayriya qildi
OAVning xabar berishicha, Bill Geyts Xarrisning kampaniyasini qo’llab-quvvatlash uchun 50 million dollar xayriya qilgan.
Microsoft asoschisi Bill Geyts demokratlar nomzodi Kamala Xarrisning saylovoldi kampaniyasini moliyaviy qo‘llab-quvvatlovchi “Future Forward” notijorat tashkilotiga 50 million dollar xayriya qildi, deb yozadi New York Times uch manbaga tayanib.
Qayd etilishicha, xayriya maxfiyligicha qolishi kerak edi. Future Forward Xarrisni qo’llab-quvvatlash uchun mablag’ to’playdigan asosiy tashkilotlardan biridir.
Ulashish:
Sharhlar