Bitkoin narxi 2021-yildan buyon birinchi marta 50 ming dollardan oshdi
12-fevral kungi savdolar chog‘ida bitkoin kursi 2021 yildan buyon birinchi marta 50 ming dollarlik marradan o‘tib ketdi, deb xabar beradi “RBK” Binance birjasi ma’lumotlariga tayanib. Ammo keyinroq bitkoin narxi yana pasaydi.
Nashr eslatishicha, bitkoin kursi 11 yanvar kuni, AQSH qimmatbaho qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiyasi bevosita bitkoinga sarmoya kiritadigan birja fondlari (ETF) ishga tushirilishini ma’qullaganida shu yilgi maksimumga yetgan edi. O‘shanda bitkoin 48,9 ming dollar bo‘lgan edi.
Kriptovalyutaning tarixiy maksimumi esa 2021-yil oktyabrida kuzatilgan bo‘lib, bitkoinning narxi o‘shanda 66 ming dollardan oshgandi.
Ulashish:
Sharhlar