Bolgariyada muddatidan oldin o‘tkazilgan saylovlarda GЕRB partiyasi g‘alaba qozonmoqda
Bolgariyaning sobiq Bosh vaziri Boyko Borisovning “Fuqarolar Bolgariyaning Yevropa taraqqiyoti uchun ” va “Demokratik kuchlar ittifoqi” (GERB-SDS) koalitsiyasi parlament saylovlarida g‘alaba qozondi. Bu haqda Nova telekanali xabar beradi.
“GERB-SDS parlament saylovlarida 26,08 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi”, – deyiladi telekanal materialida.
Ikkinchi o‘rinni “O‘zgarishlarni davom ettiramiz” partiyasi va “Demokratik Bolgariya” birlashmasi koalitsiyasi 14,76 foiz ovoz bilan egalladi. Uchinchi o‘rinni Rossiya bilan munosabatlarni normallashtirish tarafdori bo‘lgan “Uyg‘onish” partiyasi 13,81 foiz ovoz bilan egalladi.
Shunday qilib, ushbu saylovlar Bolgariyada so‘nggi uch yil ichida yettinchi bo‘ldi.
Sharhlar