Braziliyada siyosatchi teledebatlar paytida raqibini stul bilan urdi

Фото: TV Cultura

Braziliyaning eng yirik shahri San-Paulu shahri meri lavozimiga nomzod teledebatda raqibi uni stul bilan urib yuborgani uchun jiddiy jarohat oldi, deya xabar beradi G1 portali.

Yakshanba kuni TV Cultura tomonidan tashkil etilgan debatlar ishtirokchilari orasida Sotsial-demokratik partiyadan nomzod Xose Luis Datena va o‘ng qanot Mehnatni yangilash partiyasi vakili Pablo Marsal bo‘lgan.

Voqea so‘roq qilish huquqini olgan Marsal raqibi qachon  “masxarabozlik”ni to‘xtatib, o‘z nomzodini qaytarib olishini so‘raganidan keyin sodir bo‘lgan. Datena uni stul bilan urgan. Teledebat translyatsiyasi uzilgan.

Marsal kasalxonaga yotqizilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan videoda kasalxona xodimi nomzodning qovurg‘asi singanini aytadi. Uning dushanba kungi saylovoldi tadbirlari bekor qilingan.

“Frans Press” agentligi 37 yoshli Marsalni megapolis meri lavozimi uchun kurashni qo‘zg‘atgan “sensatsiya” deb atamoqda. Siyosatchi ilgari motivatsion ma’ruzachi va shaxsiy rivojlanish bo‘yicha murabbiy sifatida tanilgan. Uning ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilari soni 25 millionga yetadi.

Marsalning Braziliya iqtisodiy poytaxtidagi saylovoldi kampaniyasi tejamkorlik, noqobil xodimlarni davlat sektoridan haydash va eng kambag‘allar uchun ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha takliflarga qaratilgan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.