Braziliya janubida suv toshqinida halok bo‘lganlar soni 95 kishiga yetdi
Braziliyaning janubiy shtati Riu-Grandi-du-Sulda suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 95 kishiga yetdi, 372 kishi jabrlandi, deb yozadi “Kommersant” shtat gubernatori Eduardo Leytega tayanib.
159 ming mahalliy aholi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan, kamida 131 kishi bedarak yo‘qolgan.
Aprel oxirida Braziliyaning eng janubiy nuqtasida, Urugvay bilan chegarada joylashgan shtatida 1941-yildan buyon kuzatilgan eng kuchli yomg‘irlar qayd etildi. Oqibatda Riu-das-Antas daryosidagi to‘g‘on buzilib, yaqin oradagi aholi punktlari suv ostida qoldi. Riu-Grandi-du-Sul shtatida kuchli yomg‘ir va suv toshqini oqibatida 497 munitsepalitetdan 401 tasi zarar ko‘rdi. Hukumat hisob-kitoblariga ko‘ra, ofat qariyb 1,5 million kishiga ta’sir qilgan.
Sharhlar