Britaniyalik aktrisa Meggi Smit vafot etdi

Фото: DW

Garri Potter haqidagi filmlardagi professor Makgonagall roli bilan tanilgan britaniyalik aktrisa Meggi Smit vafot etdi, deb yozadi DW.

89 yoshli aktrisa 27-sentyabr kuni ertalab kasalxonada oilasi va do‘stlari qurshovida vafot etdi. O‘lim sababiga aniqlik kiritilmagan.

“Juda yopiq odam bo‘lgani uchun umrining oxirida do‘stlari va oilasi bilan bo‘ldi. Uning ikki o‘g‘li va beshta mehribon nevarasi qoldi. Ular g‘aroyib onalari va buvilaridan judolikni og‘ir qayg‘u bilan o‘tkazishmoqda”, – deydi aktrisaning o‘g‘illari o‘z bayonotida.

Meggi Smit ikki marta “Oskar”, yetti marta BAFTA mukofotiga sazovor bo‘lgan, uchta “Oltin globus” va to‘rtta “Emmi” haykalchasining sohibasi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.