Buyuk Britaniyada Ukrainadan qaytib kelgan harbiy o‘lik holda topildi
Buyuk Britaniyada Ukraina qurolli kuchlari tomonida turib jang qilish uchun urush hududiga borib kelgan ko‘ngilli Garri Gregg o‘lik holda topildi, deb xabar bermoqda The Telegraph uning oilasiga tayanib.
Gregg 25 yoshga to‘lgan kunning ertasiga o‘z joniga qasd qilgan. U Britaniya sobiq tashqi ishlar vaziri Liz Trass Ukraina tomonida jang qilgan har bir odam “demokratiya yo‘lidagi urush”ga qo‘shilishini aytganidan keyin Ukrainaga ketgan edi. Gregg harbiy tayyorgarlikdan o‘tmagan, ammo avvalroq kadet otryadlarida xizmat o‘tagan.
“U odamlarga yordam kerakligini bilgani uchun Ukrainaga ketgandi”, — dedi Greggning onasi. Uning aytishicha, urushda o‘g‘li okopda o‘zi bilan birga bo‘lgan o‘rtog‘ining o‘limiga guvoh bo‘lgan. Buyuk Britaniyaga qaytgach, unga posttravmatik stress buzilishi tashxisi qo‘yilgan, oilasi unga zarur yordamni qo‘lga kirita olmagan.
Rossiya harbiy operatsiyasi boshlanganidan keyin bir necha kun o‘tib, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy chet eldan ko‘ngillilarni jalb qilish uchun hududiy mudofaa xalqaro legion tashkil etilganini e’lon qilgandi. 2022-yil aprelidagi ma’lumotlarga ko‘ra, legionga 50 dan ortiq mamlakatdan 20 ming kishi qo‘shilgan. 2023-yil mart holatiga, Ukraina qurolli kuchlari tomonida 1,5 mingga yaqin xorijlik qolgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi 2024-yil yanvarida ma’lum qilishicha, 2022-yil fevralidan buyon UQK Yevropa, Amerika, Osiyo va Afrika mamlakatlaridan 13,5 mingdan ziyod odamni jalb qilgan.
Sharhlar