Chad poytaxtida juda katta o‘q-dori ombori yonmoqda, qurbonlar va yaradorlar bor
Chad poytaxti Ndjamenada eng katta o‘q-dori omborxonasi yonmoqda, deb yozadi “Kommersant”. Afrika mamlakati prezidenti Maxamat Idriss Debi Itno ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qilishicha, jabrlanganlar va qurbonlar bor. Ularning soniga aniqlik kiritilmadi. AFP yozishicha, yong‘in natijasida o‘q-dorilar portlagan, oqibatda shu atrofda joylashgan uylarga zarar yetgan. Prezident holat yuzasidan surishtiruv boshlanishini ma’lum qildi.
AFP ma’lumotlariga ko‘ra, Guji tumanida joylashgan omborxonadagi yong‘in 18-iyun kuni kechqurun boshlangan. Mahalliy aholi so‘zlariga ko‘ra, yong‘in oqibatida ombor yaqinidagi uylarning tomlari uchib ketgan. Omborga yaqin hududda bir nechta uy, depo, aeroport va fransuz qo‘shinalri bazalari joylashgani aytilmoqda.
Sharhlar